0
0
Закрыть меню
Видео Музыка Фото Новости Статьи Лучшие посты Hi-Tech События Общество Равлечения Люди

Tohir Sodiqov (Biografiya)
Tohir Sodiqov 1973 yil 1 iyulda Toshkent
shahri, Sobir Rahimov tumani, Langar
ko'chasi, 12-uyda tug'ilgan.
Eski Jo'vadagi masjidning orqasida
joylashgan bog'chaga borgan (bog'cha
xotirotlari esida, faqatraqami emas).
Otasi - Sodiqov Bahromjon Sobirovich -
uchuvchi, zahiradagi ofiser edi.
Onasi - Sodiqova Gulnur Mansurovna (xalq
xo'jaligi institutini tamomlagan), uy bekasi.
Tohir Toshkent shahridagi 41- maktabda
tahsil olgan. Oliy o'quv yurtini tugatmagan,
mutaxassiligi yo'q.
Ma'lumoti o'rta. O'z qo'shiqlarini sevib
tinglaydi. Sevimli aktyori - Obid Asomov.
Uylangan yili va ilk ota bo'lgan
kunini sir tutadi. Biroq ikkala kun ham unga
ulkan quvonch olib
kelgan. Baxtli sana sifatida yodga oladi.
Shiori: "Yaxshi insonga boringni ayama”.
Va'dabozlikni yomon ko'radi. Bir so'zli
insonlarni hurmat qiladi.
Hech bir xonandaga tanqidiy fikri, g'arazi
yo'q. Chunki, Tohir Sodiqovning fikricha,
hamma o'zicha to'g'ri.
"Yaxshi qo'shiqqa klipning hech ham keragi
yo'q. Sevimli qo'shiq klipsiz ham sevimli
bo'lib qolaveradi”.
"Bolalar” guruhi 1989 yilning kuz oyida
Ruslan Sharipov tashabbusi bilan tashkil
topgan. guruhning ilk albomi - Esingdami
sening...”
Bolalar”ning birinchi ofisi "Bolalar shou”
firmasida bo'lgan ("Yoshlik” metro bekati
yonida). Guruhning ilk a'zolari: Tohir
Sodiqov, Husan Sodiqov, Tofik Marduxaev,
Bahodir Po'latov, Toir Odilov, Ruslan
SHaripov, Nargiza Zokirova, Javohir Zokirov.
"Bolalar”ning plastinkasi 1992 yilda
chiqarildi. "Bolalar-shou” firmasida.
"Bolalar”ning aranjirovkachisi Ruslan
Sharipov, qo'shiqlar
muallifi Tohir va Husan Sodiqovlar
bo'lishgan. "Bolalar” "O'zsport”
birlashmasiga qarashli edi. Guruh a'zolariga
maoshni Ruslan Sharipov bo'lib bergan. Har
bir konsertdan o'zi va Nargiza Zokirovaga
50 rubldan, Husan Sodiqov va Tofik
Marduxaevga 25 rubldan, boshqalarga 15
rubldan taqsimlangan. Tohir Sodiqov AQSH,
Fransiya, Angliya, Turkiya kabi chet
davlatlarida bo'lgan. "Bolalar”ning birinchi
muxlislari
41-maktab o'quvchilari. Guruh ilk marotaba
1990 yil 23 fevral kuni "Alpomish” sport
saroyi (hozirgi "O'zko'rgazmasavdo”
markazi)da
katta sahnaga chiqqan. "Bolalar” 2000
yilgacha O'zbekiston va qator hamdo'stlik
davlatlari bo'ylab yiliga yuzlab konsertlar
bergan. Olti yildan Buyon esa
O'zbekistonning o'zida qirqdan ortiq
konsertlar beryapti. Tilagi: "Vaqtni bekor
o'tkazmaylik. Hammasi o'tib ketaveradi.
Hayotning har bir lahzasidan unumli
foydalanaylik. Ertaga hayotga shunchaki
kelib- ketdi emas, balki YASHADI, degan nom
qoldirishga intilaylik, o'tkinchi dunyoda
nomimiz YAXSHI INSON sifatida abadiy
qolsin!
Категория: Yulduzlar Biografiyasi | Добавил: ADMIN2 (19.05.2016)
Просмотров: 925 | Теги: Tohir Sodiqov (Biografiya) | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавить свой комментарий:
Ваше Имя:
Ваш E-Mail: