0
0
Закрыть меню
Видео Музыка Фото Новости Статьи Лучшие посты Hi-Tech События Общество Равлечения Люди

Shahzoda (Biografiya)
Shahzoda tahallusi ostida ijod qilayotgan
go'zal va betakror Zilola Musayeva 1979-
yilda Farg'ona shahrida filolog va falsafa
fanlari doktori oilasida tavallud topdi. U
bolaligidan musiqa bilan yashashni boshladi.
9 yoshigacha u Moskvada yashadi. So'ng
Toshkentga qaytib o'z ijodini boshladi.
Maktab yoshidanoq Zilola vokal bilan
shug'ullanardi. Oliygohga kirganda esa u
"Jonim" guruhining solisti edi va aynan
uning birinchi albomi ham taniqli
kompozitor Vagif Zokirov tashabbusi bilan
ana shu guruhda yoziladi. 2001-yildan esa
Shahzoda o'z ijodini "Tarona rekords"
rekord kompaniyasi bilan davom ettiradi.
2003-yilda xonanda o'zining birinchi
yakkaxon konsertini o'z mhlislariga taqdim
etadi. U o'zining konsert dasturlari bilan
gastrol safarlariga Qozog'iston, Qirg'iziston,
Tojikiston hattoki MDH davlatlari Kavkaz va
Zakavkazyelarda ham uni katta olqishlar ila
kutib olishdi. Xonanda o'zining "Bor ekan",
"Baxt bo'ladi", "Keragimsan", "Baxtliman",
"Assalomu Aleykum" nomli albomlarini o'z
muhlislari e'tiboriga havola eta oldi.
Shahzoda nafaqat qo'shiq kuylab muhlislar
ko'nglidan joy oldi, balki 10dan ortiq
filmlarda, ya'ni "Fotima va Zuhra", "Majruh",
"Sevinch", "Layli va Majnun", "Sarvinoz",
"Zumrad va Qimmat" filmlarida bosh rollarni
qoyilmaqom qilib ijro etgan. Shahzoda bir
qancha mukofotlar sovrindori ham bo'lgan.
2003-yil Tarona taqdimotida "Yilning eng
yaxshi kuychisi" nominatsiyasiga, 2004-yilda
"Yil albomi", 2005-yilda "Keragimsan"
qo'shig'i bilan "Yil qo'shig'i" nominatsiyasini
qo'lga kiritadi.
Категория: Yulduzlar Biografiyasi | Добавил: ADMIN (21.06.2016)
Просмотров: 561 | Теги: Shahzoda (Biografiya) | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавить свой комментарий:
Ваше Имя:
Ваш E-Mail: