Ummon - G‘arq (Qo‘shiq Matni)
Qorong`u tun, yolg`izman bugun o`zim, Yo`liga zor qoldi ko`zim. So`rama, yuragimda zirapcha, Botib turadi bilmam qancha. Sog`inchimdan qochib qayga boray? Yo`l ko`rsat, ozgina ovunay. Qorong`u xona va men unda, Qop-qora ko`rpa yotar ustimda. O`ylab yotaman uni, O`ylarmikan u ham men haqimda? Oq libos yarashibdi senga, Aytaman achchiq bo`lsada menga. O`gir botdi yurakka Yo`qotganim seni. Nega bu dard qiladi g`arq, O`z domiga tortaveradi meni? Nega malham topolmayman, O`tmishimdan o`chirib ketolmayman seni? Endi hech qachon bo`lmaymiz birga, Birga bormaymiz qo`l ushlashib baxt uyiga. Taqdir emas ekan, tan olaman, Lekin yurak tan olmasa netaman? San maniki eding, sanikiman derding, Hozir esa qara kim yoningda! Saning yolg`on ko`z yoshlaring qurib ketdi, Maning achchiq ko`z yoshlarim yostig`im ustida. Baxtlisan bugun, ishonaman, Sanga Allohdan baxt so`rab yotaman. Mayli, manga baxt tilab yotmasang ham, Eslaysanmi oyda bir bo`lsa ham? Sovqotib yotarman tunlar, Yuragimni nimadir nimtalab o`tar. Yetishmaydi yoki iliq qo`llaring, Yoki sog`inganman aldab yurgan lablaring. Nega bu dard qiladi g`arq, O`z domiga tortaveradi meni? Nega malham topolmayman, O`tmishimdan o`chirib ketolmayman seni? | |
| |
Просмотров: 269 | | |
Всего комментариев: 0 | |