Tuxumbarak tayorash
Masalliqlar: Xamiriga: -100 ml(0.5 st) suv -1ta tuxum -140 gr(1 st) un – qattiqroq xamir bo’lgunicha un solinadi -1 choyqoshiq tuz -1 oshqoshiq yog’ Nachinkasi: -6 ta tuxum -12 oshqoshiq sut (1 tuxumga 2 oshqoshiq sut, 1 oshqoshiq saryog' to’g’ri keladi) -0.5 choyqoshiq tuz -6 osh qoshiq saryog(o’simlik yog’I solsa ham bo’ladi) -qozonda qaynab turgan suv Xamirini tayyorlash: -Suv, tuxum, un va tuzni solib xamir qoriladi. Tayyor bo’lgan xamirga 1 osh qoshiq o’simlik yog’I solib singgunicha qoriladi va 15 minutga tindirib qoyiladi. ![]() -Tingan xamirni yupqa qilib yoyamiz. ![]() ![]() ![]() -Yoygan xamirimizni radiusi taxminan 3sm lik idishda(masalan, stakan) kesib chiqamiz. ![]() ![]() -Kesilgan xamirning ichki qismi yopishmasligi uchun unga belab, chiziq hosil qilish uchun o’rtasidan buklanadi. ![]() ![]() -Qayta ochib, chiziqning bir tomoniga o’rtasidan joy qoldirib, jimjiloqning uchini tuzli suvga botirib hamirning ikki chetiga suriladi, keyin yopishtiriladi. Chekkalarin unga tekkazib, terib chiqiladi. ![]() ![]() ![]() ![]() Nachunkaning tayyorlanishi : -Tuhumiga sut sariyog’ tuz solib pichoqda yahshilab aralashtiriladi ![]() Pishirish: -Taxlangan xamirni ochib, nachinkani solib, og’zini yopsihtirib, qozonda qaynab turgan tuzli suvga tuxumbaraklarni solamiz. ![]() ![]() ![]() ![]() ![]() -Tuxumbaraklar suv yuzasiga qaynab chiqqach, biroz qaynagandan keyin olinadi. Tuxumbarak shishib turgan bo’lishi kerak. Hammasini shu tarzda pishirib, kattaroq idishga suzib olamiz. Bir-biriga yopishmasligi uchun saryog’ surib chiqamiz. ![]() -Tuxumbarak tayyor! Likopchaga suzib dasturxonga tortamiz. Alloh barakot bersin! | |
| |
Просмотров: 462 | | |
Всего комментариев: 0 | |