«Sohildagi orzu» - dengiz karamidan salat
Zarur masalliqlar: 200 gr. dengiz karami, 100 gr. dudlangan go`sht, 80 gr. pishloq, 2 dona qaynatilgan tuxum, bitta bodring, 1 bo`lak sarimsoqpiyoz, 2 osh qoshiq mayonez, tuz, qora murch. Tayyorlanishi: 1. Dengiz karamini qaynoq suvga 15 daqiqa ivitib qo`ying. Dudlangan go`sht va bodringni somoncha shaklida maydalab to`g`rang. So`ngra ivitilgan dengiz karamini maydalang. 2. Qaynatilgan tuxumni to`rtburchak shaklda to`g`rang. Barcha masalliqlarni aralashtirib, qirg`ichdan o`tkazilgan pishloqni qo`shing. Sarimsoqpiyozni ham ezib solasiz. Qora murch va ta`bga ko`ra tuz seping. Mayonez qo`shsangiz, salat tayyor! 35 daqiqa 4 kishilik | |
| |
Просмотров: 345 | | |
Всего комментариев: 0 | |