«Qovoqqa bekingan go`sht» - kechki ajoyib taom!
Zarur masalliqlar: o`rtacha kattalikdagi 1 dona qovoq, 1-1,3 kg yog`li qo`y go`shti, 3 bosh piyoz, 3 dona pomidor, 1-1,5 st sho`rva, tuz, qora murch (ta`bga ko`ra boshqa sabzavotlar ham qo`shishingiz mumkin). Tayyorlanishi: 1. Qovoqni yuvib, tepasini qopqoq qilib kesib oling. Ichini danagidan tozalaysiz. 2. Go`shtni o`rtacha bo`laklarga, pomidor piyozni aylana qilib, kartoshkani esa 4 bo`lakka bo`lib to`g`raysiz. 3. Barcha masalliqlarni qovoq ichiga qatma-qat taxlaysiz. Avvalo go`sht solinib tuz, murch sepiladi. So`ng piyoz, pomidor, kartoshka va boshqa sabzavotlarni solasiz. Barchasining ustidan tuz murch sepasiz. Sho`rva quyib qovoq qopqog`ini yopib 1,5-2 soat gaz pechida pishirasiz. 4. Pishgan taomni kosachalarga suzib ustidan sho`rvasini quyasiz. So`nggida qovoqni bo`laklarga bo`lib alohida likopchaga solib dasturxonga tortasiz. | |
| |
Просмотров: 246 | | |
Всего комментариев: 0 | |