Qaylali sho`rva - hammaga birdek yoqadi!
Zarur masalliqlar: sho`rva uchun: 500 ml. suv, tuz; frikadelkalar uchun: 400 gr. mol go`shti qiymasi, 60 gr. guruch, 1 dona tuxum oqi, 2 bosh piyoz, 1 bo`lak sarimsoqpiyoz, o`simlik yog`i, tuz, qora murch; qayla uchun: 1 donadan tuxum, tuxum sarig`i va limon, ko`katlar. Tayyorlanishi: 1. Piyoz va sarimsoqpiyozni maydalab to`g`rang. Qizdirilgan o`simlik yog`ida avval piyozni qovurib, keyin sarimsoqpiyozni qo`shing. 2. Guruchni suvda pishiring. 3. Go`sht qiymasiga qovurilgan piyozning yarmini, tuxum oqi, 2 osh qoshiq suv, tuz va murchni soling. Yaxshilab aralashtiring. Qaynatilgan guruchni qo`shing. 4. Qiymadan kichkina «shar»lar yasang-da, qizdirilgan o`simlik yog`ida qovurib oling. 5. Qolgan piyoz va frikadelkalarni chuqur idishga solib, ustidan to ular botib turguncha qaynatilgan suv quying. So`ngra past olovda 20 daqiqa qaynating. 6. Qayla uchun mo`ljallangan tuxum sarig`i, tuxum va limon sharbatini yaxshilab aralashtiring. Ozgina sho`rvadan ham qo`shib, ko`pirtiring. Qaynab ketmasdan olovdan oling. Maydalangan ko`kat sepib, dasturxonga torting. 1 soat 3 kishilik | |
| |
Просмотров: 307 | | |
Всего комментариев: 0 | |