Marokand.Net - Мултимедный Портал » UzBaza.uCoz.Org » Olma bilan dimlangan go`sht – tushlikka parhezbop taom!
0
0
Закрыть меню
Видео Музыка Фото Новости Статьи Лучшие посты Hi-Tech События Общество Равлечения Люди

Olma bilan dimlangan go`sht – tushlikka parhezbop taom!
Zarur masalliqlar: 1 donadan qizil bulg`or qalampiri va olma, 700g lahm go`sht, 1 bosh piyoz, 1 bog` har xil ko`katlar, 1 osh qoshiqdan o`simlik yog`i va kashnich urug`i, ta`bga ko`ra tuz, qora murch.

Tayyorlanishi: 1. Go`shtni yuvib qog`oz salfetka bilan quritib olasiz. Tovani qizdirib 1 osh qoshiq yog`da go`shtni qizartirib qovurasiz va likopchaga olib qo`yasiz.

2. Olmani o`rtasidagi urug`idan tozalab, bo`laklarga bo`lasiz. Go`sht qovurilgan yog`da 3-4 daqiqa aralashtirab turib, qovuring va likopchaga olib qo`ying.

3. Bulg`or qalampirini yuvib, tozalab somoncha qilib, piyozni esa yarim aylana shaklida to`g`raysiz. Tovaga yog`ni solib barcha sabzavotlarni 5 daqiqacha qovurasiz.

4. Go`shtni qozonga solib 200 ml suv yoki sho`rva quyib qaynatasiz. Tuzini rostlab past olovda qopqog`ini yopgan holda 25 daqiqa davomida dimlaysiz. Olma va mayda to`g`ralgan ko`katni solib yana 5 daqiqa dimlaysiz. Pishgan taomni likopchaga solib garnir sifatida guruch yoki kartoshka tortishingiz mumkin.
Категория: Pazandachilik Sirlari | Добавил: ADMIN (11.01.2017)
Просмотров: 229 | Теги: Olma bilan dimlangan gosht – tushli | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавить свой комментарий:
Ваше Имя:
Ваш E-Mail: