«Misr» torti - oila a`zolaringiz mehrini qozonish uchun…
Zarur masalliqlar: 200 gr. shokolad, 100 ml. qaymoq, 2 osh qoshiq kakao kukuni, 4 dona yong`oq. Xamiriga: 400 gr. un, 200 gr. shakar, 200 ml. smetana, yarim banka quyiltirilgan sut (sgushyonka), 1 choy qoshiq yumshatgich (razrxlitel). Kremiga: 200 gr. sariyog`, yarim banka quyiltirilgan sut (sgushyonka). Tayyorlanishi: 1. Tuxumni shakar bilan ko`pirtirib, smetana va quyiltirilgan sut qo`shing. Un va yumshatgich solib, xamir tayyorlang. 2. Pergament qog`ozi solingan qolipga xamirni quyib, 180 darajada qizdirilgan gaz pechiga 45 daqiqaga qo`ying. 3. Xona haroratida yumshatilgan sariyog`ni mikser yordamida ko`pirtiring. Ko`pirtirishda davom etib, quyiltirilgan sut qo`shing. Aralashtirib, yarim soatga muzlatkichga qo`ying. 4. Biskvitni ikki bo`lakka bo`lib, orasiga krem surting. Yuziga bug`da eritilgan shokolad, qaymoq va kakao aralashmasini surtib, yong`oq bo`laklari bilan bezang. Tuxum yaxshi ko`pirishi uchun u yangi va muzlatkichda saqlangan bo`lishi kerak. | |
| |
Просмотров: 247 | | |
Всего комментариев: 0 | |