«Dengiz hukmdori» - baliq pishirishni kanda qilmang!
Zarur masalliqlar: 1 ta butun karp yoki sazan balig`i (800 gr. atrofida), 50 ml. sut, bitta baton noni, 2 osh qoshiq o`simlik yog`i, 1 donadan sabzi, lavlagi va tuxum, 2 bosh piyoz, 2 ta lavr bargi, 3 bo`lak sarimsoqpiyoz, 5 dona qora murch, tuz. Tayyorlanishi: 1. Tozalangan baliq go`shtini 7 bo`lakka bo`ling. Nonni sutda iviting. 2. Baliq go`shti bo`laklarining lahm joyidan kesib oling. 3. Barcha sabzavotlarni yupqaroq qilib aylana, shaklda to`g`rang. 4. Baliqning ajratilgan go`shti va piyozni go`shtqiymalagichdan o`tkazing. Tuxum, ziravorlar, sarimsoqpiyoz va ivitilgan nonni qo`shib, tuz namagini sozlang. 5. Baliq go`shti bo`laklariga qiymadan surting. 6. Qizdirilgan o`simlik yog`iga lavlagi va qora murch donalari, lavr bargini soling. Ustidan baliq go`shti bo`laklarining yarmini joylang. Keyin piyoz va sabzidan solasiz. Ustidan yana baliq go`shti bo`laklari va sabzavotlarni qo`yib, to taom botib turguncha sovuq suv quying. Qaynab chiqqach, olovni pastlab, 2 soat dimlang. Pishishiga oz qolganda tuz va murch seping. Taomni dasturxonga ozgina qaylasidan solib tortishingiz mumkin. 4 kishilik 3 soat | |
| |
Просмотров: 305 | | |
Всего комментариев: 0 | |