11:52 Yulduz Rajabova: “Kasalligim to`g`risida gapirishni istamayman” | |
Biroz avval ayrim nashrlarda aktrisa Yulduz Rajabovaning og`ir kasallikka chalingani va “Oyqiz ertagi” filmining suratga olish jarayonida bir necha marta hushidan ketib qolgani haqidagi xabarlar paydo bo`lgan edi. Aktrisa “Bekajon” gazetasiga bergan intervyusida kasalligi haqidagi xabarlarga quyidagicha munosabat bildirdi: “Kasalligim to`g`risida to`xtalmoqchi emasman. Sababi, hozir ahvolim juda yaxshi va salomatligimdan shikoyatim yo`q. ‘Oyqiz ertagi’ filmini suratga olish jarayonida haqiqattan ham hushimdan ketgan paytlarim bo`ldi. Bu holat film jaziramada suratga olingani bilan bog`liq. Havo harorati yuqori bo`lgan paytda qalin kiyimlarda jang sahnalarini ijro etayotib, o`zimni yomon his etgan paytlar bo`ldi”. Avvalroq, Yulduz hamkasbi Yigitali Mamajonov bilan munosabatlariga oydinlik kiritgan edi. Manba: Darakchi.uz | |
|
Всего комментариев: 0 | |