Marokand.Net - Мултимедный Портал » Yoqimli ovoz va aniq talaffuzga erishish usullari
0
0
Закрыть меню
Видео Музыка Фото Новости Статьи Лучшие посты Hi-Tech События Общество Равлечения Люди

05:23
Yoqimli ovoz va aniq talaffuzga erishish usullari
Ovoz kishiga tavsif berishning
eng muhim jihatlaridan biridir.
Suhbatdoshimiz nima haqida
va qanday so‘zlayotganligiga,
o‘zimiz istamagan holda, doim
e’tibor qaratamiz va tegishli
xulosalar chiqaramiz.
Xushohang ovoz va aniq
talaffuz har doim yaxshi
taassurot uyg‘otadi. Biroq
tabiatan bunday xislatlarga
ega bo‘lmagan kishilarga
quyidagi mashqlar yordam
beradi.

1. Ovozingiz juda past bo‘lsa

Qo‘lingizni qorningiz ustiga
qo‘ying. Jahlingiz haddan ortiq
chiqqan vaqtni eslang. Istalgan
matnni qo‘lingizni qorningizga
qo‘ygan holda talaffuz qilishga
harakat qiling. Tovushlar
aynan qorin sohasidan
chiqishiga e’tibor qarating.
Ichingizdagi nafratni chiqarib
yuboring. Mashqni bir necha
marta takrorlagandan so‘ng
nutqingiz rasmiyligi yo‘qolib,
samimiyroq jaranglay
boshlaydi.

2. Agar ovoz tomoqqa
“tiqilib” qolsa


Tomoqni ozod qilib, asosiy
vazifani lablar va diafragmaga
o‘tkazuvchi mashq bajaring.
“Kyu-iks” bo‘g‘inlarini talaffuz
qiling: “kyu” talaffuz
qilinganda lablar aylana
shaklga kirsa, “iks”ni ochiq
tabassum bilan ifodalang.
Mashqni 30 marta takrorlang,
shundan so‘ng uning
foydasiga ishonch hosil qilish
uchun kichikroq nutqni
talaffuz qilib ko‘ring. Bunday
mashqdan so‘ng ommaviy
chiqishlarda ovoz paychalari
kamroq toladi.

3. Agar ovoz jarangdor
bo‘lmasa


5—10 daqiqa istalgan matnni
undosh tovushlarsiz baland
ovozda o‘qing. Shundan so‘ng
uni unli tovushlarsiz qayta
o‘qing. Tez orada ovozingiz
jarangdorlikka ega bo‘ladi.

4. Agar talaffuzingiz oqsasa

Talaffuzni istalgan matnni
ovoz chiqarib o‘qish orqali
yaxshilash mumkin. Masalan,
biror shoir she’rini “yopiq
og‘iz” uslubida: lablar
tutashgan, tishlar orasini
ochgan holda o‘qish mumkin.
Shu tariqa artikulyatsiyaviy
mushaklar faolroq ishlay
boshlaydi.

Manba: Daryo.uz
Категория: Foydali Maslahatlar | Просмотров: 603 | Добавил: ADMIN | Теги: Yoqimli ovoz va aniq talaffuzga eri | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавить свой комментарий:
Ваше Имя:
Ваш E-Mail: