Marokand.Net - Мултимедный Портал » Yodgor Sa’diyev Qoraqalpog‘iston xalq artisti unvoni bilan taqdirlandi
0
0
Закрыть меню
Видео Музыка Фото Новости Статьи Лучшие посты Hi-Tech События Общество Равлечения Люди

11:51
Yodgor Sa’diyev Qoraqalpog‘iston xalq artisti unvoni bilan taqdirlandi
O‘zbek milliy akademik drama teatri aktyori Yodgor Sa’diyev Qoraqalpog‘iston xalq artisti faxriy unvoni bilan taqdirlandi. Qoraqalpog‘iston Jo‘qorg‘i Kengesi Rayosatining bu haqdagi qarori 30-avgust kuni qabul qilingan.

Sa’diyevdan tashqari, Berdaq nomidagi qoraqalpoq davlat musiqali teatri drama artisti Sapargul Dauletova ham Qoraqalpog‘iston xalq aristi unvoni bilan taqdirlangan.

Nukus shahridagi 1-sonli bolalar musiqa va san’at maktabi jirovchilik hunari o‘qituvchisi Janibek Piyazov Qoraqalpog‘iston xalq jirovi, Chimboy tumanidagi 21-maktab fizika o‘qituvchisi Bazarbay Jaksimov Qoraqalpog‘iston xalq o‘qituvchisi unvoni bilan taqdirlangan.

“Qoraqalpoq adabiyoti” gazetasi muxbiri Muzaffar Ahmedov Qoraqalpog‘iston xalq shoiri unvoni egasiga aylangan bo‘lsa, “Madaniyat va sport” gazetasi bosh muharriri Allanazar Abdiyev esa Qoarqalpog‘iston xalq shoiri unvoni bilan mukofotlangan.

Mukofotlanganlarning to‘liq ro‘yxati bilan Qoraqalpog‘iston Jo‘qorg‘i Kengesi rasmiy saytida tanishish mumkin.

Ma’lumot uchun, 2016-yilning 12-iyun kuni 70 yoshni qarshilagan Yodgor Sa’diyev 1989-yili respublika davlat mukofotini qo‘lga kiritgan, 1998-yili esa O‘zbekiston xalq artisti unvoniga sazovor bo‘lgan.

Manba: Daryo.uz
Категория: Shou-Biznes yangiliklari | Просмотров: 499 | Добавил: ADMIN | Теги: Yodgor Sa’diyev Qoraqalpog‘iston xa | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавить свой комментарий:
Ваше Имя:
Ваш E-Mail: