Marokand.Net - Мултимедный Портал » Yerga xavfli asteroid yaqinlashmoqda
0
0
Закрыть меню
Видео Музыка Фото Новости Статьи Лучшие посты Hi-Tech События Общество Равлечения Люди

14:01
Yerga xavfli asteroid yaqinlashmoqda
Yerga to‘qnashuv yuz berishi sayyora
uchun halokatli oqibatlarga olib kelishi
mumkin bo‘lgan asteroid yaqinlashmoqda.
Bu haqda Sky News manbalariga tayanib,
“Korrespondent.net” xabar bermoqda.

NASA eksperti Dante Laurettaga ko‘ra,
Bennu asteroidi soatiga 101 ming
kilometrdan ziyod tezlikda
harakatlanmoqda va 2175—2196-yillarda
Yerga qulashi, bu esa ko‘plab noxush
holatlarga olib kelishi mumkin. Shu bilan
birga, bu paytga kelib olimlar Bennu
yo‘nalishini o‘zgartirishning imkonini
topishi ham istisno etilmagan.

Asteroid zarbasi 3 milliard tonna
portlovchi ashyo kuchiga teng bo‘lishi
bildirilmoqda. Hozirda NASA koinot
qurilmasi samoviy jism yuzasini skaner
yordamida o‘rganib, undan namunalar
yig‘moqda.

Manba: Daryo.uz
Категория: Dunyo yangiliklari | Просмотров: 682 | Добавил: ADMIN | Теги: Yerga xavfli asteroid yaqinlashmoqd | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавить свой комментарий:
Ваше Имя:
Ваш E-Mail: