14:44 Yaponiyada sher odamlarga hujum qildi | |
Yaponiyaning Narita shahrida fotosuratlar va televizion s`yomkalar uchun turli hayvonlarni ko`paytirish bilan shug`ullanuvchi Shonan Animal Production kompaniyasining 2 xodimi sherning hujumidan jabrlandi, deb xabar berdi “Ria.ru” nashri. Sherning odamlarga qilgan hujumi haqida qutqaruv xizmatining 119 raqamiga qo`ng`iroq qilingan. Hujum oqibatida bir erkak va bir ayol boshi, oyog`idan jiddiy jarohat oldi. Fojia hayvonlarni nazorat qiluvchi xodimlarning s`yomka oldidan o`n yoshli sherning katagini yuvayotganda ro`y berdi. Sher zanjirda bo`lgani sababli hujumdan keyin qochib ketolmadi. Shonan Animal Production kompaniyasining saytida ma`lum qilinishicha, mazkur markazda sherdan tashqari, qoplon, itlar, mushuklar, otlar, zebra, tuya, kenguru va maymunlar ham saqlanar ekan. Manba: Darakchi.uz
| |
|
Всего комментариев: 0 | |