Marokand.Net - Мултимедный Портал » Yaponiyada jaziramadan bir hafta ichida 6 kishi halok bo‘ldi
0
0
Закрыть меню
Видео Музыка Фото Новости Статьи Лучшие посты Hi-Tech События Общество Равлечения Люди

14:29
Yaponiyada jaziramadan bir hafta ichida 6 kishi halok bo‘ldi
Yaponiyada so‘nggi bir hafta ichida issiq
urishi oqibatida 6 kishi hayotdan ko‘z
yumdi, 2 847 nafari shifoxonaga
yetkazildi. Bu haqda mamlakat FVV va tez
yordam funksiyasini bajaruvchi o‘t
o‘chirish bosh boshqarmasi ma’lum qildi,
deb xabar bermoqda “TASS”.

Qayd etilishicha, jazirama tufayli
jabrlanganlar soni iyun oyiga nisbatan uch
barobar oshdi. Aprel oyida issiq urishi
oqibatida 9 ming kishi shifoxonaga
tushgandi.

O‘tgan haftaning dam olish kunlari
Yaponiyaning deyarli barcha hududlarida
issiq ob-havo kuzatildi. Mamlakatning bir
qator markaziy hududlarida termometr
+38 darajadan yuqori ko‘rsatkichni qayd
etgan. Mahalliy tibbiyot xizmati xodimlari
odamlarga pana joylarda bo‘lishni,
quyoshdan saqlaydigan bosh kiyimlarni
kiyib, imkon qadar ko‘proq suyuqlik
iste’mol qilishni tavsiya etmoqda.
Yaponiya meteorologik boshqarmasi bu
yilgi yoz faslining jazirama bo‘layotganini
Tinch okeanidagi El-Ninyo va La-Ninya
iqlim fenomenlarining ta’siri deb taxmin
qilmoqda. Jaziramaning avj olishi iyul oxiri
va avgust boshiga to‘g‘ri keladi.

O‘tgan yili Yaponiyada jazirama tufayli 100
dan ortiq kishi vafot etgan, yana 53 ming
nafari shifoxonaga yotqizilgandi.

Manba: Daryo.uz
Категория: Dunyo yangiliklari | Просмотров: 638 | Добавил: ADMIN | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавить свой комментарий:
Ваше Имя:
Ваш E-Mail: