Marokand.Net - Мултимедный Портал » Yaponiyada 2020-yilga kelib 5G mobil aloqasi ishga tushishi kutilmoqda
0
0
Закрыть меню
Видео Музыка Фото Новости Статьи Лучшие посты Hi-Tech События Общество Равлечения Люди

21:06
Yaponiyada 2020-yilga kelib 5G mobil aloqasi ishga tushishi kutilmoqda
Yaponiya hukumati 2017-moliyaviy yildan
boshlab hozirgidan taxminan 100 barobar
tezroq ishlaydigan beshinchi avlod (5G)
to‘laqonli mobil aloqa tizimini ishlab
chiqishga kirishadi. Tizim mamlakat
miqyosida 2020-yildan e’tiboran faoliyat
ko‘rsata boshlaydi. Bu haqda “TASS” xabar
bermoqda.

Hozirda Yaponiyada amalda bo‘lgan mobil
aloqa tizimi 3,9 avlodga mansub bo‘lib,
joriy moliyaviy yilda uni avvalgisidan aytarli
farqi bo‘lmagan 4G tizimiga almashtirish
boshlanadi. Kutilayotgan beshinchi avlod
mobil aloqasi axborotni soniyasiga 10
gigabit — hozirgidan 100 barobar tezroq
qabul qilish imkonini beradi.
Masalan,
hozir ikki soatli videofilm 5 daqiqa
davomida ko‘chirib olinsa, 5G qurilmada
buning uchun atigi bir necha soniya
ketadi.

Yangi tizim joriy etilishi sifatini
yo‘qotmagan holda 1 kvadrat kilometr
maydonda bir paytning o‘zida millionta
qurilmani aloqaga ulash, soatiga 300
kilometrdan oshiq tezlikda ketayotgan
poyezdda ham bemalol ma’lumot olish
imkonini beradi. Yangi avlod aloqasini
ishlab chiqish soha kompaniyalari
tomonidan jadal olib borilmoqda, biroq
Yaponiya hukumati ushbu jarayonga keng
doiradagi xususiy tuzilmalar, jumladan,
avtomobilsozlik va kinokompaniyalarni
ham jalb etish niyatida.
Категория: XXI asr tehnologiyasi | Просмотров: 474 | Добавил: ADMIN | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 1
ninachi
ninachi15.06.2016
super
Добавить свой комментарий:
Ваше Имя:
Ваш E-Mail: