Marokand.Net - Мултимедный Портал » Yana ikki yildan keyin Er yuzida mamontlar paydo bo`ladi
0
0
Закрыть меню
Видео Музыка Фото Новости Статьи Лучшие посты Hi-Tech События Общество Равлечения Люди

14:55
Yana ikki yildan keyin Er yuzida mamontlar paydo bo`ladi
Garvard universiteti olimlari yana ikki yildan keyin Er yuzida mamontlar paydo bo`lishi haqida ma`lum qildi, deb xabar berdi “Tengrinews.kz” nashri.

Amerikalik olimlar qirilib ketgan mamontlarni “qayta tiriltirishlari”ga ishontirmoqda. Olim Jorj Cherch boshchiligidagi guruh qirilib ketgan mamontlarning genlariga Osiyo fillarining xromosomalari yordamida o`zgartirish kiritishni rejalashtirgan. Mutaxassislar Osiyo fillari va mamontlarning genlari bir-biriga o`xshashligini aniqlashdi va mamontning DNKsini Osiyo filiga ko`chirib o`tkazishdi. Biologlarning aytishicha, endi ular duragay embrionni yaratishlari mumkin. Ilk duragaylar qalin junli, quloqlari kichkina va dandon tishli fillar bo`ladi. Olimlar sovuqqa chidamli, yangi mamontga allaqachon mammophant (inglizcha mammoth - mamont va elephant - fil) deb nom qo`yishdi. Biologlarning mazkur tadqiqotni o`tkazishdan maqsadi, bundan to`rt ming yillar ilgari qirilib ketgan mamontlarni qayta dunyoga keltirish va hozirda kamyob jonivorga aylangan Osiyo fillarini saqlab qolishdir. Cherch 2015 yildan beri mamontlarni qayta tiriltirish bilan shug`ullanuvchi Woolly Mammoth Revival loyihasining rahbari hisoblanadi.

Manba: Darakchi.uz
Категория: Dunyo yangiliklari | Просмотров: 390 | Добавил: ADMIN | Теги: Yana ikki yildan keyin Er yuzida ma | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавить свой комментарий:
Ваше Имя:
Ваш E-Mail: