Marokand.Net - Мултимедный Портал » Xotirasini yo‘qotgan Qirg‘iziston fuqarosi 12 yildan so‘ng oilasini topdi
0
0
Закрыть меню
Видео Музыка Фото Новости Статьи Лучшие посты Hi-Tech События Общество Равлечения Люди

07:49
Xotirasini yo‘qotgan Qirg‘iziston fuqarosi 12 yildan so‘ng oilasini topdi
Qirg‘izistonning Asan Ariqboyev ismli
fuqarosi amneziyaga chalingach, oradan
12 yil o‘tib diplomatlar va Qozog‘iston
televideniyesi yordamida oilasini topdi. Bu
haqda, Qirg‘iziston TIVga asoslanib, “RIA
Novosti” xabar bermoqda.

Aytilishicha, 26-may kuni “Qozog‘iston”
telekompaniyasi jurnalistlari
Qirg‘izistonning Olmaotadagi bosh
konsulligi va respublika janubi bo‘yicha
Qirg‘iz Respublikasi TIV favqulodda va
muxtor vakolatxonasi ko‘magida
Qirg‘iziston fuqarosi bo‘lgan ayolning 12
yil muqaddam Qozog‘iston hududida
bedarak yo‘qolgan o‘g‘li bilan uchrashivini
tashkil etdi.

Xotirasini yo‘qotgan yigit ijtimoiy
tarmoqlar orqali Markaziy Osiyo
respublikalari vakillariga murojaat etib,
oilasini topishda yordam so‘ragan edi.
“Aytug‘a onay” teleko‘rsatuvi jurnalistlari
olib borgan tekshiruv natijasida
Qozog‘iston, O‘zbekiston va Qirg‘izistonda
istiqomat qiluvchi bir necha oila vakillari
Ariqboyev bilan qarindoshligini tasdiqladi.
DNK tahlili natijalariga ko‘ra qirg‘izistonlik
ayol uning onasi ekanligini tasdiqlandi.

Qirg‘iziston bosh konsulligi Ariqboyevning
o‘z yurtiga qaytishi uchun zaruriy yordam
ko‘rsatilishini ishontirib aytdi.
Категория: Dunyo yangiliklari | Просмотров: 520 | Добавил: ADMIN2 | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавить свой комментарий:
Ваше Имя:
Ваш E-Mail: