Marokand.Net - Мултимедный Портал » Xitoylik qariya itiga 12 ming dollar vasiyat qildi
0
0
Закрыть меню
Видео Музыка Фото Новости Статьи Лучшие посты Hi-Tech События Общество Равлечения Люди

14:47
Xitoylik qariya itiga 12 ming dollar vasiyat qildi
Xitoyning Xarbin shahrida yashovchi keksa
kishi mahalliy hayvonlar boshpanasiga
murojaat etdi va muassasaga o‘zi yig‘ib-
tergan 80 ming yuanni (12 ming dollardan
oshiq) vasiyat qilib qoldirmoqchi
ekanligini bildirdi. U mazkur mablag‘ Erfu
laqabli itini boqish uchun ishlatilishiga
umid qilmoqda. Bu haqda China Daily
xabar berdi.

“O‘zimni tobora noxush his etyapman.
Meni xavotirga solayotgan yagona narsa
— itimning holati”, — deya ta’kidladi
oxirgi paytda bir necha infarkt va insultni
boshidan kechirgan 71 yoshli Van
Szyunyu.

Nashrga ko‘ra, Erfu — qariya oilasida
qolgan birdan-bir a’zo. Szyunyuning o‘g‘li
6 yoshida avtohalokatda olamdan o‘tgan,
oradan bir yil o‘tib uning xotini ham
kasallikdan vafot etgan.

Manba: Daryo.uz
Категория: Dunyo yangiliklari | Просмотров: 469 | Добавил: ADMIN | Теги: Xitoylik qariya itiga 12 ming dolla | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавить свой комментарий:
Ваше Имя:
Ваш E-Mail: