Marokand.Net - Мултимедный Портал » Xitoydagi eng uzun va baland shishali ko‘prik rasman ochildi
0
0
Закрыть меню
Видео Музыка Фото Новости Статьи Лучшие посты Hi-Tech События Общество Равлечения Люди

09:14
Xitoydagi eng uzun va baland shishali ko‘prik rasman ochildi
Xitoyning Xunan provinsiyasi,
Chjanszyatsze milliy bog‘ida dunyodagi
eng uzun va baland shishali ko‘prik
rasman ochildi. Bu haqda “RIA Novosti”
xabar bermoqda.

Ko‘prik uzunligi 430, kengligi 6, yerdan
balandligi 300 metr bo‘lib, uning qurilishi
uchun 3,4 million dollar sarflandi.

20-avgust, shanba ko‘prik sinov tariqasida
ochilgan birinchi kun bo‘ldi. Undan o‘tish
uchun chipta sotiladigan kassalar mahalliy
vaqt bilan 07:00 da ochildi, oradan bir
soat o‘tib esa barcha chiptalar sotib
bo‘lindi. Ayrim sayyohlar ko‘prik
ochiladigan kunga chipta olish uchun
kechki paytdan navbatga turgandi.

Dastlabki paytlarda ko‘prikda bo‘lish vaqti
va unga tashrif buyuruvchilar soni (garchi
800 kishini ko‘tarsa-da, hozircha 600
kishidan ortiq bo‘lmasligi kerak)
cheklanishi bildirilmoqda.

Manba: Daryo.uz
Категория: Dunyo yangiliklari | Просмотров: 739 | Добавил: ADMIN | Теги: Xitoydagi eng uzun va baland shisha | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавить свой комментарий:
Ваше Имя:
Ваш E-Mail: