Marokand.Net - Мултимедный Портал » Xitoyda kuchli yomg‘irlar tufayli 5 kishi halok bo‘ldi
0
0
Закрыть меню
Видео Музыка Фото Новости Статьи Лучшие посты Hi-Tech События Общество Равлечения Люди

13:57
Xitoyda kuchli yomg‘irlar tufayli 5 kishi halok bo‘ldi
Xitoyning janubiy Guychjou provinsiyasida
oxirgi kunlarda davom etgan kuchli
yomg‘irlar tufayli suv toshqini va ko‘chkilar
yuzaga keldi. Oqibatda kamida besh kishi
halok bo‘ldi, yana to‘rt nafar fuqaro
bedarak yo‘qolgan deb qayd etilmoqda. Bu
haqda 15-iyun, chorshanba kuni “Sinxua”
agentligi ma’lum qildi, deya xabar
bermoqda “TASS”.

Szinpin uyezdida bir sutka davomida 200
mm ko‘p yog‘ingarchilik yog‘di.
Agentlikning ta’kidlashicha, bir qator
tumanlarda transport qatnovi izdan
chiqqan, elektr energiya yetkazishda
uzilishlar qayd etilgan. Bir nechta turar-
joylar vayron bo‘lgan.

Hozirgi paytgacha qutqaruvchilar
provinsiyaning eng ko‘p jabrlangan
hududlariga yetib borgan. Hukumat tabiiy
ofat yetkazgan zararni aniqlamoqda.
Категория: Dunyo yangiliklari | Просмотров: 459 | Добавил: ADMIN | Теги: Xitoyda kuchli yomg‘irlar tufayli 5 | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавить свой комментарий:
Ваше Имя:
Ваш E-Mail: