Marokand.Net - Мултимедный Портал » Xastaliklardan himoyalovchi 10 mahsulot
0
0
Закрыть меню
Видео Музыка Фото Новости Статьи Лучшие посты Hi-Tech События Общество Равлечения Люди

15:59
Xastaliklardan himoyalovchi 10 mahsulot
1. Sarimsoqpiyoz. Immun tizimini mustahkamlab, viruslarga qarshi kurashuvchanlik qobiliyatini oshiradi. Shamollashdan davolanish va profilaktika davrida kuniga 1 bo`lak sarimsoqpiyozdan iste`mol qilish tavsiya etiladi. Stomatit bo`lganda, sarimsoqpiyozni chaynab eyish foyda beradi.

2. Qizil bulg`or qalampiri. Uning tarkibidagi S vitamini har qaysi sitrus mevasinikiga qaraganda ko`proq bo`ladi. Shuning uchun ham immunitetga ijobiy ta`sir ko`rsatadi.

3. Brokolli. A, S hamda E vitaminlariga boy mahsulot. Teri va ko`z xastaliklariga qarshi “mazali” vosita.

4. Na`matak. S vitamining asosiy manbai sanalgani bois, turli yallig`lanish va infeksion kasalliklarni davolash vaqtida bu mevani damlab ichish yaxshi foyda beradi.

5. Klyukva. A, V, S hamda K vitaminlarning haqiqiy ma`nodagi koni. Ta`mi nordon bo`lsa-da, undan sharbat qilib ichilsa, tomoq, burun va quloqdagi og`riqlarni tezda bartaraf etadi.

6. Asal. Terlatish xususiyatiga ega bo`lgani tufayli organizmning kurashuvchanlik qobiliyatini kuchaytiradi.

7. Sabzi. Bu sabzavotning tarkibida A vitamini bisyor. Taomnoda bu mahsulotning ko`pligi oqibatida, organizm shamollash va infeksion xastaliklarga bo`yin egmaydi.

8. Yogurt va qatiq. Organizmning mikroflorasini yaxshilaydi. Ovqat hazm bo`lish jarayoniga ijobiy ta`sir ko`rsatadi.

9. Suv. Moddalar almashinuvini tezlashtiradi. Organizmning turli xastaliklarga nisbatan kurashuvchanlik qobiliyatini oshiradi.

10. Baliq va dengiz mahsulotlari. Tarkibida rux moddasi bisyor. Bu esa shamollashning ilk alomatlarini bartaraf etishga ko`mak beradi.

Manba: Darakchi.uz
Категория: Foydali Maslahatlar | Просмотров: 456 | Добавил: ADMIN | Теги: Xastaliklardan himoyalovchi 10 mahs | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавить свой комментарий:
Ваше Имя:
Ваш E-Mail: