Marokand.Net - Мултимедный Портал » Xakerlar Qozog‘istonning 20 dan ortiq davlat saytiga hujum uyushtirdi
0
0
Закрыть меню
Видео Музыка Фото Новости Статьи Лучшие посты Hi-Tech События Общество Равлечения Люди

18:24
Xakerlar Qozog‘istonning 20 dan ortiq davlat saytiga hujum uyushtirdi
Qozog‘iston davlat
organlarining o‘nlab saytlari
xakerlik kiberhujumlari
oqibatida ishdan chiqdi. Bu
haqda respublika Axborot va
kommunikatsiya vazirligi
ma’lum qildi, deb yozadi
“TASS”.

Boshqarmaning ma’lum
qilishicha, o‘tgan dam olish
kunlari hukumatning mahalliy
davlat hokimiyati va
boshqaruvi organlari,
shuningdek, markaziy davlat
organlarining idoraviy
tashkilotlari internet
resurslariga buzib kirish
holatlari qayd etilgan.

Kompyuter hodisalariga javob
qaytarish xizmatining
aniqlashtirilgan ma’lumotlariga
qaraganda, 21 ta internet
resursini buzib kirish qayd
etilgan.

Boshqarma xulosasiga ko‘ra,
saytlar zaif himoya tufayli
buzib ochilgan. Internet
resurslarining aksariyati bitta
serverda joylashganligi va bir
xil zaiflikka ega bo‘lganligi
ma’lum qilinmoqda.

Hozirgi paytda bu kabi
hodisalarga yo‘l qo‘ymaslik
uchun barcha zarur choralar
ko‘rilmoqda.

Manba: Daryo.uz
Категория: Dunyo yangiliklari | Просмотров: 354 | Добавил: ADMIN | Теги: Xakerlar Qozog‘istonning 20 dan ort | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавить свой комментарий:
Ваше Имя:
Ваш E-Mail: