Marokand.Net - Мултимедный Портал » WhatsApp eski qurilmalarda ishlashni to‘xtatadi
0
0
Закрыть меню
Видео Музыка Фото Новости Статьи Лучшие посты Hi-Tech События Общество Равлечения Люди

10:32
WhatsApp eski qurilmalarda ishlashni to‘xtatadi
WhatsApp xabarlar almashish dasturi eskirgan qurilmalarda ishlashni to‘xtatadi. Bu haqda dastur yaratuvchilariga tayanib, “RIA Novosti” xabar bermoqda.

Messenjer iPhone 3GS, Windows Phone 7 qurilmalari va Android operatsion tizimining 2.1 hamda 2.2. versiyalari bilan jihozlangan smartfonlarda ishlamaydi. Dastur yaratuvchilariga ko‘ra, ushbu gadjetlar WhatsApp’da paydo bo‘ladigan imkoniyatlarni qo‘llay olmaydi.

BlackBerry OS, BlackBerry 10, Nokia S40 va Nokia Symbian S60 platformalarida messenjer 30 iyungacha faoliyat ko‘rsatadi.

Ma’lumot uchun, WhatsApp dasturidan butun dunyo bo‘ylab bir milliarddan ortiq kishi foydalanadi.

Manba: Daryo.uz
Категория: XXI asr tehnologiyasi | Просмотров: 448 | Добавил: ADMIN | Теги: WhatsApp eski qurilmalarda ishlashn | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавить свой комментарий:
Ваше Имя:
Ваш E-Mail: