Marokand.Net - Мултимедный Портал » UMS O‘zbekistonda rejaga muvofiq rivojlanishda davom etadi
0
0
Закрыть меню
Видео Музыка Фото Новости Статьи Лучшие посты Hi-Tech События Общество Равлечения Люди

06:24
UMS O‘zbekistonda rejaga muvofiq rivojlanishda davom etadi
Universal Mobile Systems MChJ uyali aloqa
xizmatlari ko‘rsatish uchun 2029-yilga
qadar amal qiladigan litsenziyaga muvofiq
o‘z faoliyatini davom ettirishini ma’lum
qildi. Bu haqda “Gazeta.uz” xabar
bermoqda.

“Kompaniya mobil operator sifatida
barcha xizmat va servislarni ko‘rsatmoqda,
yangi abonentlarni tarmoqqa ulashni va
amaldagi mijozlarga xizmat ko‘rsatishni
amalga oshirmoqda”, — deyiladi operator
saytida joylashtirilgan xabarnomada.

“Jiddiy salohiyatga ega bo‘lgan UMS
barcha yo‘nalishlardagi rivojlanishning
uzoq istiqbolli strategiyasi realizatsiyasini
davom ettiradi, bunda barcha
mijozlarining ehtiyojlarini qondirishga
alohida e’tibor qaratadi”, — ta’kidlanadi
xabarnomada.

4-avgust, payshanba kuni Rossiya
matbuotida “MTS” kompaniyasi avgust
oyining oxiriga qadar UMS muassislari
qatoridan chiqishi mumkinligini xabar
qilingan edi. Ushbu axborot rasmiy
tasdiqqa ega emas edi.

UMS 2014-yilning 1-dekabrida O‘zbekiston
hududida mobil aloqa tarmog‘i tijoriy
ekspluatatsiyasini yo‘lga qo‘ygan edi.
2016-yil boshidagi holatga ko‘ra
kompaniya abonentlari soni 1,095 million
foydalanuvchini tashkil etdi.

Manba: Daryo.uz
Категория: Dunyo yangiliklari | Просмотров: 658 | Добавил: ADMIN | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавить свой комментарий:
Ваше Имя:
Ваш E-Mail: