20:05 “Ummon” guruhi vakili Shohrux uylanmoqda | |
“Ummon” guruhining uch a’zosidan biri Shohrux uylanmoqda. Bu haqda guruh ma’muri Doniyor Alimuhmedov jurnalist Feruz Muhammadga ma’lum qildi. “Ha, Shohrux uylanayotgani haqidagi gap- so‘zlar rost. Uning nikoh to‘yi 15-avgust kuni bo‘lib o‘tadi”, — dedi guruh ma’muri. “Shohrux o‘zi sevgan, uch yildan buyon ahdu-paymon qilib yurgan qiziga uylanmoqda. U qiz hozircha abituriyent, shu yil o‘qishga kirish uchun imtihon topshirdi”, — deya qo‘shimcha qildi Alimuhamedov. 2015-yil sentabrida “Ummon” guruhi a’zosi Jasur Rapiqov uylangan edi. Guruhning yana bir a’zosi Zohid esa hali bo‘ydoq. Manba: Daryo.uz | |
|
Всего комментариев: 0 | |