13:11 Ukrainada ilk marotaba uch ota-onadan farzand dunyoga keldi | |
Yanvar oyining ilk haftasida Ukrainada ilk marta uch ota-onaning farzandi dunyoga keldi. Bu haqda “Golos.ua” xabar bermoqda. Reproduktiv tibbiyot klinikasi direktori Valeriy Zukinning aytishicha, ona va otaning yadro DNKsi genetik to`plami (25 mingga yaqin gen) va donorning sitoplazma DNKsini (37 ta gen) o`z ichiga olgan qayta tiklangan tuxum hujayra hosil qilingan. Ya`ni chaqaloq uch kishining geniga ega Nashrning ta`kidlashicha, 34 yoshli ayol oxirgi 15 yil davomida farzand ko`ra olmagan. Ushbu texnologiya anonim donor ayolning DNKsini onaning tuxum hujayrasiga ko`chirib o`tkazishni ko`zda tutib, 2000 yillarning boshida Buyuk Britaniyada kashf etilgan. Chaqaloqni bu kabi homiladorlik orqali dunyoga keltirish Ukraina qonunchiligida ko`zda tutilmagan. Klinika ushbu jarayon ayol o`z xohishi bilan tajribada ishtirok etganligi uchun tekinga amalga oshirilganligini qo`shimcha qildi. Shifokorlar ota-ona va bolaning shaxsi haqidagi ma`lumotlarni oshkor etmadi. Ma`lumotlarga ko`ra,bu usul 37 yoshdan katta, homilasi rivojlanmaydigan ayollarga tavsiya etilmaydi. Manba: Darakchi.uz | |
|
Всего комментариев: 0 | |