12:21 Turli mamlakatlarning maktab avtobuslari (fotogalereya) | |
| Motor nashri turli mamlakatlardagi maktab avtobuslari aks etgan fotogalereyani taqdim etdi. BlueBird №1 1927-yilda paydo bo‘lgan birinchi maktab avtobusi, u Ford Model T platformasiga qurilgan va sariq rangga bo‘yalgan edi. Ford B600 Superior B seriyasidagi Ford shassisiga qurilgan ushbu avtobus Amerika filmlarida eng ko‘p aks etadi. B600 1980—1998-yillarda chiqarilgan. Thomas FS-65 Freightliner yuk mashinasi shassisiga qurilgan ushbu avtobus 1997—2007-yillarda chiqarilgan. Chevrolet Apache 10 Suburban Chevrolet pikaplari bazasiga qurilgan kichik furgonlar 70-yillarda ommabop bo‘lgan va kichik shaharlarga xizmat qilgan. IC Bus RE 2001-yildan hozirgacha chiqarilayotgan maktab avtobuslari Wi-Fi, sun’iy yo‘ldoshli TV va maxsus toymaydigan pol qoplamasiga ega. IC Bus SE AQShning yana bir vakili, o‘z ichiga 78 yo‘lovchini sig‘dira oladi. Volvo B58-60 Norvegiyada ushbu avtobus 70-yillar o‘rtalaridan 90-yillar o‘rtalarigacha maktablarga xizmat qilgan. Ikarus 256.82 Birlashgan Arab Amirliklaridagi ilk maktab avtobuslaridan biri. U mamlakatga 1993-yilda keltirilgan va u yerdagi yagona nusxa bo‘lib qolgan Optare Versa Diesel-Electric Hybrid Britaniya maktab avtobuslari oilasining zamonaviy vakili. DongFeng EQ6660 Xitoydagi turli-tuman maktab avtobuslaridan biri, ularning katta qismi Amerikaning maktab avtobuslariga taqlidan yasalgan. Volare V8L 4×4 Braziliyadagi ushbu maktab avtobusi olis hududlardan nogiron o‘quvchilarni tashish uchun mo‘ljallangan va nogironlik aravalari uchun maxsus maydonchalarga ega. Progress-8 1964-yilda sobiq ittifoq mamlakatlarining olis qishloqlari uchun chiqarilgan va turi ranglarga bo‘yalgan. PAZ-32063-70 Rossiyada eng ko‘p tarqalgan maktab avtobuslaridan biri, yuqori darajadagi qulaylikka ega o‘rindiqlar bilan jihozlangan. Promtex 22438S Saloni yo‘nalishli taksi tamoyili bo‘yicha jihozlangan Rossiya maktab avtobusi. Manba: Daryo.uz
| |
|
| |
| Всего комментариев: 0 | |