Marokand.Net - Мултимедный Портал » Turkiyaga o`zga sayyoraliklar oqimi yopirildi
0
0
Закрыть меню
Видео Музыка Фото Новости Статьи Лучшие посты Hi-Tech События Общество Равлечения Люди

07:46
Turkiyaga o`zga sayyoraliklar oqimi yopirildi
Turkiyaning turli qismlarida yashovchi minglab odamlar tungi osmonda guruh bo`lib, o`zidan nur taratayotgan sirli sharlarni ko`rishga muvaffaq bo`lishdi, deb xabar berdi “Nonbox.ru” nashri.

Voqea guvohlari “uchar likopcha”larning tashrifini suratga tushirishga va videoga olishga muvaffaq bo`lishdi. Mamlakatning aksariyat fuqarolari Turkiyaga o`zga sayyoraliklar hujum qildi, degan fikrga keldi.

Uchar likopchalar guruhi asosan Stambul, Anqara, Bursa, Gaziantepa, Qaysari, Eski shahar, Samsun, Vana, Sultanbeyli kabi ko`plab shahar va qishloqlarda ko`zga tashlangan. Ularni suratga olmoqchi bo`lgan odamlardan biri shovqinli, kuchli havo oqimidan yiqilgan bo`lsa, ikkinchisi o`z-o`zidan hushidan ketgan. Uning aytishicha, “uchar likopchalar”ning bir joyda to`planib turishi, uni uyquga tortgan.

Mahalliy ufologlarning xabar berishicha, Turkiya osmonida bir paytda paydo bo`lgan “uchar likopchalar” qanday paydo bo`lgan bo`lsa, shunday tezlikda yo`qolgan. Hodisa ro`y bergandan keyin yarim soat o`tar-o`tmas, voqeaga guvoh bo`lganlar surat va videolarni ijtimoiy tarmoqlarga joylashtirgan.

Manba: Darakchi.uz
Категория: Dunyo yangiliklari | Просмотров: 513 | Добавил: ADMIN | Теги: Turkiyaga ozga sayyoraliklar oqimi | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавить свой комментарий:
Ваше Имя:
Ваш E-Mail: