Marokand.Net - Мултимедный Портал » Tunisdagi hayvonot bog‘ida tashrifchilar timsohga tosh otib, uni o‘ldirdi
0
0
Закрыть меню
Видео Музыка Фото Новости Статьи Лучшие посты Hi-Tech События Общество Равлечения Люди

10:47
Tunisdagi hayvonot bog‘ida tashrifchilar timsohga tosh otib, uni o‘ldirdi
Tunis poytaxti Tunis shahridagi hayvonot bog‘ida tashrifchilarning timsohga tosh uloqtirishi oqibatida yirtqich halok bo‘ldi. Bu haqda International Business Times xabar bermoqda.

Hodisa 28-fevral kuni sodir bo‘lgan. Ertasi kuni shahar rasmiylari o‘ldirilgan timsohning suratini Facebook’da e’lon qildi.

Tashrifchilar guruhi timsohning boshiga tosh uloqtirishi natijasida uning boshiga qon quyildi va u halok bo‘ldi.

Tunis shahri hokimiyati



Hayvonot bog‘i veterinari Arnor Ennayferning aytishicha, boshqa yirik hayvonlar, jumladan, sher va begemotlar ham muntazam ravishda shunday hujumlarga uchraydi.

Bizda 150 dan ortiq turdagi hayvonlar bor. Har birining qafasi oldiga soqchi qo‘ya olmaymiz. Odamlar jonzotlarni hurmat qilish kerakligini tushunishi kerak.

Arnor Ennayfer, veterinar

Manba: Daryo.uz
Категория: Dunyo yangiliklari | Просмотров: 409 | Добавил: ADMIN | Теги: Tunisdagi hayvonot bog‘ida tashrifc, uni o‘ldirdi | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавить свой комментарий:
Ваше Имя:
Ваш E-Mail: