Marokand.Net - Мултимедный Портал » Toshkentda 180 mingdan ortiq pirotexnika vositasi yo‘q qilindi
0
0
Закрыть меню
Видео Музыка Фото Новости Статьи Лучшие посты Hi-Tech События Общество Равлечения Люди

19:08
Toshkentda 180 mingdan ortiq pirotexnika vositasi yo‘q qilindi
Toshkent shahriga noqonuniy
yo‘llar bilan olib kirilgan va
poytaxt ichki ishlar, soliq,
prokuratura va boshqa
huquqni muhofaza qiluvchi
organlari tomonidan
musodara qilingan 180 ming
880 dona turli xildagi
pirotexnika vositasi maxsus
komissiya ishtirokida yo‘q
qilindi. Bu haqda O‘zA xabar
bermoqda.

Xabar berishlaricha, Toshkent
shahrida bozorlar, savdo
markazlari, ko‘ngilochar
maskanlar, o‘quv muassasalari
singari jamoat joylarida
pirotexnika mahsulotlarining
noqonuniy muomalasiga
qarshi kurashish bo‘yicha 4
300 ga yaqin tekshirish va
profilaktik ko‘rik o‘tkazilgan.

2016-yil 13-dekabr kuni
Mirobod dehqon bozorining
Farg‘ona yo‘li ko‘chasidagi
Farg‘ona shoxobchasida 10
ming donadan ziyod
pirotexnika vositasi o‘z
“xaridorlari” qo‘liga yetib
borishining oldi olingan.

Qo‘shimcha qilishlaricha, 20-
dekabr kuni Yunusobod
tumanida o‘tkazilgan shunday
tadbirda hududda istiqomat
qiladigan fuqarolardan
birining yonidan 12 ming 400
dona pirotexnika vositasi
daliliy ashyo sifatida olingan.
Категория: Mahalliy | Просмотров: 499 | Добавил: ADMIN | Теги: Toshkentda 180 mingdan ortiq pirote | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавить свой комментарий:
Ваше Имя:
Ваш E-Mail: