Marokand.Net - Мултимедный Портал » Toshkent yashash uchun eng yaxshi shaharlar reytingida Dushanbeni ortda qoldirdi
0
0
Закрыть меню
Видео Музыка Фото Новости Статьи Лучшие посты Hi-Tech События Общество Равлечения Люди

19:47
Toshkent yashash uchun eng yaxshi shaharlar reytingida Dushanbeni ortda qoldirdi
O‘zbekiston poytaxti Toshkent shahri dunyoning yashash uchun eng yaxshi shaharlar reytingida 201-o‘rinni egallab, Dushanbe shahrini ortda qoldirdi, deb ma’lum qildi Sputnik Mercer xalqaro konsalting kompaniyasiga tayanib.

Vena shahri ketma-ket o‘ninchi marta reyting yetakchisiga aylandi. Reytingda Syurix 2-o‘rin, Vankuver esa 3-pog‘onadan joy oldi.

Mercer reytingiga ko‘ra, dunyoning hayot uchun eng yaxshi shaharlar o‘ntaligiga Myunxen, Oklend, Dyusseldorf, Frankfurt, Kopengagen, Jeneva va Bazel shaharlari kiritilgan.

Reytingda Moskva 167-o‘rinni egalladi. Bishkek 211-o‘rin, Olmaota esa 181-pog‘onadan o‘rin oldi. Dushanbe 209-o‘ringa loyiq deb topilgan.

Kompaniya ma’lumotiga qaraganda, kompaniya dunyoning 231 ta shahrini taqqoslagan. Reyting tuzishda yashash, iqtisodiy, siyosiy va ijtimoiy sharoitlar, transport, oziq-ovqat, maishiy tovar sifatlari hamda ta’lim va tibbiyot darajalari inobatga olingan.

Dunyoning yashash uchun eng noqulay shahri sifatida Bag‘dod shahri tan olindi. U reytingning eng so‘nggi pog‘onasi – 231-o‘rindan joy oldi.
Категория: Mahalliy | Просмотров: 267 | Добавил: ADMIN | Теги: Toshkent yashash uchun eng yaxshi s | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавить свой комментарий:
Ваше Имя:
Ваш E-Mail: