Marokand.Net - Мултимедный Портал » Toshkent, Samarqand va Qarshida Islom Karimovga haykallar o‘rnatiladi
0
0
Закрыть меню
Видео Музыка Фото Новости Статьи Лучшие посты Hi-Tech События Общество Равлечения Люди

13:04
Toshkent, Samarqand va Qarshida Islom Karimovga haykallar o‘rnatiladi
O‘zbekistonning uchta shahrida mamlakat Birinchi Prezidenti Islom Karimov sharafiga haykallar o‘rnatiladi. Bu haqda O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan 25-yanvar kuni imzolangan “O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Abdug‘aniyevich Karimovning xotirasini abadiylashtirish to‘g‘risida”gi qarorda so‘z boradi.

Qarorga muvofiq, Islom Karimov siymosini yaratish bo‘yicha xalqaro ijodiy tanlovda g‘olib deb topilgan haykallar

O‘zbekiston poytaxti Toshkent shahriga;
Islom Karimov tug‘ilib o‘sgan Samarqand shahriga;
u kishi birinchi rahbar bo‘lib ishlagan Qashqadaryo viloyatining Qarshi shahriga o‘rnatiladi.
Mazkur qaror “xalqimizning samimiy tilaklari va xohish-irodasidan kelib chiqib, ona Vatanimiz mustaqilligi, el-yurtimiz ravnaqi yo‘lidagi buyuk tarixiy xizmatlarini inobatga olib, O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti, O‘zbekiston Qahramoni Islom Abdug‘aniyevich Karimovning yorqin xotirasini abadiylashtirish maqsadida” qabul qilingan.

Avvalroq O‘zbekistonda har yili Islom Karimov tavallud topgan sana (30-yanvar) mamlakat bo‘ylab keng nishonlanishi, Birinchi Prezident vafot etgan sana (2-sentabr) esa Xotira kuni sifatida yod etilishi haqida xabar berilgan edi.

Manba: Daryo.uz
Категория: Mahalliy | Просмотров: 424 | Добавил: ADMIN | Теги: Toshkent, Samarqand va Qarshida Islom Karimov | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавить свой комментарий:
Ваше Имя:
Ваш E-Mail: