09:09 Sud 21 yoshli tunislik yigitning 71 yoshli shveysariyalik ayolga uylanishini taqiqladi | |
Shveysariya sudi 21 yoshli Tunis fuqarosi 71 yoshli shveysariyalik ayolni sevmaydi, degan qarorga keldi, deb yozadi “Lenta.ru”. Yigitchani faqatgina Shveysariya fuqaroligini olish imkoniyati tufayli o`zidan 50 yosh katta ayolga uylanmoqchi ekanligi taxmin qilinmoqda. Ayolning o`zi esa yigit bilan uning qiziqishlari juda o`xshash ekanligini ma`lum qilgan. “Biz ikkalamiz ham rep yo`nalishidagi qo`shiqlarni sevib tinglaymiz. Toza havoda sayr qilish jonu dilimiz. Bizning qiziqishlarimiz ham bir xil”,—deydi 71 yoshli shveysariyalik ayol. Tunislik yigit va shvesariyalik ayol bundan 3 yil oldin internetda tanishgan. Biroq, ular birinchi marta o`tgan yili uchrashishdi. Shvesariyalik ayol Tunisga borib, yigit bilan turmush qurishga ahd qildi. Shveysariya qonunlariga ko`ra, nikohdan o`tmoqchi bo`lgan fuqarolar dastlab yashash joyiga ariza bilan murojaat qilishadi. FHDYo bo`limi barcha zaruriy hujjatlarni yig`ib, ularni ko`zdan kechiradi. Agar hamma hujjatlar joyida bo`lsa, hujjatlar nikohni rasmiylashtirish mumkin yoki mumkin emasligini aniqlash maqsadida sudga yo`naltiriladi. Manba: Darakchi.uz | |
|
Всего комментариев: 0 | |