Marokand.Net - Мултимедный Портал » Singapur gazetasida o‘zbek oshi haqida maqola chop etildi
0
0
Закрыть меню
Видео Музыка Фото Новости Статьи Лучшие посты Hi-Tech События Общество Равлечения Люди

12:43
Singapur gazetasida o‘zbek oshi haqida maqola chop etildi
Singapurning 1957-yilda asos solingan
Berita Harian gazetasida eng ko‘p
tarqalgan o‘zbek milliy taomi — oshga
bag‘ishlangan maxsus maqola chop etildi,
deb yozadi “O‘zbekturizm” milliy
kompaniyasi matbuot xizmati.

Maqola muallifi oshni Pokiston va
Hindistonda keng tarqalgan biryani taomi
bilan taqqoslaydi. Uning so‘zlariga ko‘ra,
palov qator Osiyo mamlakatlaridagi
guruchli taomlarga nisbatan boyroq
ta’mga ega, shuningdek, unda ko‘proq
masalliqlar ishlatiladi.

Singapurlik mushtariylarga oshning
batafsil retsepti taqdim etildi, uning
O‘zbekiston hududidagi xilma-xil turlari
keltirib o‘tildi.

Bundan tashqari, mushtariylarning e’tibori
mahalliy aholi oshdan so‘ng albatta issiq
choy ichishiga qaratildi.

Gazetxonlar sho‘rva, kabob, manti, tandir
kabob, chuchvara va lag‘mon kabi o‘zbek
oshxonasining boshqa taomlari bilan ham
tanishtirildi.

Manba: Daryo.uz
Категория: Dunyo yangiliklari | Просмотров: 527 | Добавил: ADMIN | Теги: Singapur gazetasida o‘zbek oshi haq | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавить свой комментарий:
Ваше Имя:
Ваш E-Mail: