Marokand.Net - Мултимедный Портал » Shvesiya qirolichasi saroyda arvohlar borligini ma`lum qildi
0
0
Закрыть меню
Видео Музыка Фото Новости Статьи Лучшие посты Hi-Tech События Общество Равлечения Люди

10:02
Shvesiya qirolichasi saroyda arvohlar borligini ma`lum qildi
73 yoshli Shvesiya
qirolichasi Silviya o`zi
istiqomat qiladigan
Drottningxolm saroyida
arvohlar borligini ma`lum
qildi, deb xabar berdi
“Vesti.ru” nashri.

Qirolichaning aytishicha,
arvohlar juda yoqimtoy
ekan. Uning hikoyalari
asosida hatto hujjatli film
ham olindi. XVI asrda
bunyod etilgan saroy
ko`plab tarixiy voqealarga
guvoh bo`lgan.

“Ko`hna saroy tarixiy
voqealarga tirik guvohdir, –
deydi qirolicha Silviya. – Bu
erda mening kichkina va
yoqimtoy do`stlarim —
arvohlar ham yashaydi. Ular
bilan o`zimni hech qachon
yolg`iz his qilmayman. Agar
saroyda qorong`ida sayr
qiladigan bo`lsangiz, ularni
o`z ko`zingiz bilan
ko`rishingiz mumkin”.

Drottningxolm saroyi
Stokgolm shahri
tashqarisida joylashgan. Bu
er 1981 yildan boshlab,
Shvesiya qirollik oilasining
qarorgohiga aylantirilgan.
Saroy uni tomosha qilish
istagida bo`lgan tashrif
buyuruvchilar uchun yil
davomida ochiq turadi. Bu
erda faqatgina qirollik oilasi
istiqomat qiladigan
binoning janubiy qanotiga
kirish taqiqlanadi.

Manba: Darakchi.uz
Категория: Dunyo yangiliklari | Просмотров: 426 | Добавил: ADMIN | Теги: Shvesiya qirolichasi saroyda arvohl | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавить свой комментарий:
Ваше Имя:
Ваш E-Mail: