Marokand.Net - Мултимедный Портал » Shri-Lankada yashin zarbidan to‘rt fil halok bo‘ldi
0
0
Закрыть меню
Видео Музыка Фото Новости Статьи Лучшие посты Hi-Tech События Общество Равлечения Люди

10:57
Shri-Lankada yashin zarbidan to‘rt fil halok bo‘ldi
Shri-Lankada to‘rt fil yashin zarbi qurboni
bo‘ldi. Bu haqda, Channel NewsAsia
telekanaliga asoslanib, “TASS” xabar
bermoqda.

8 va 25 yoshdagi urg‘ochi fillar, 2 yoshli va
10 oylik fil bolalarining jasadi Uilpattu
yovvoyi tabiat bog‘ida topildi. Tekshirish
natijalari ular yashin zarbidan halok
bo‘lganini ko‘rsatdi.

Maxavillachiya okrugida 6-may kuni kuchli
jala quygan, chaqin va momaqaldiroq
kuzatilgan edi; fillar o‘sha kuni halok
bo‘lgani taxmin qilinmoqda.

Bunday fojia oxirgi marta 2011-yil
fevralida sodir bo‘lgan edi — o‘shanda
mamlakat shimoli-sharqidagi suv
toshqinida to‘rt fil bolasi cho‘kib ketgandi.
Категория: Dunyo yangiliklari | Просмотров: 547 | Добавил: ADMIN2 | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавить свой комментарий:
Ваше Имя:
Ваш E-Mail: