Marokand.Net - Мултимедный Портал » Shifokorlar sayohat qilish inson miyasini qanday o'zgartirishiga oydinlik kiritishdi
0
0
Закрыть меню
Видео Музыка Фото Новости Статьи Лучшие посты Hi-Tech События Общество Равлечения Люди

12:01
Shifokorlar sayohat qilish inson miyasini qanday o'zgartirishiga oydinlik kiritishdi
Barchaga ma'lumki, toza havoda dam
olish yaxshi kayfiyat ulashadi va hayotga
kuch bag'ishlaydi. Yaqinda shifokorlar
uning miya faoliyatiga ham ta'siri
borligini aniqlashdi. Albatta, ijobiy
tomonga.

Sayyoramizning eng yovvoyi va kimsasiz
erlaridagi tabiat qo'ynida sayohat qilish
va dam olish nafaqat yorqin lahzalarni
hadya etadi, balki doimiy o'ylashdan halos
qiladi. Olimlar va shifokorlarning fikricha,
tushkun kayfiyat bilan kurashishning eng
yaxshi usuli — vaqtinchalik miya
faoliyatini to'xtatib qo'yish.
Qizig'i shundaki, aynan “to'xtash”
holatida inson miyasi tom ma'noda
o'zgarishni boshlaydi.

Bu nazariyani tasdiqlash uchun
tadqiqotchilar yarim soat o'rmon bo'ylab
sayr qilgan kishilar guruhini sinovdan
o'tkazishdi. Tajribaning har bir
ishtirokchisida profrontal qobiq — ruhiy
kasalliklarga javobgar bo'lgan miya
hududidagi faollikning sezilarli tarzda
kamayganini payqashdi. Endi tabiat
qo'ynida yarim soat emas, bir necha kun
vaqt o'tkazgan kishi qanday bo'lishini
tasavvur qiling!

Fiziologiya o'z yo'liga bo'lsin. Miyaning
o'zgarishi kundalik hayotga qanday ta'sir
o'tkazadi? Olimlar bu savolga ham javob
topishdi. Ular ko'ngillilar guruhidan bir
necha kunga barcha gadjetlarni o'chirib,
shahar shovqinidan olisroqda bo'lgan
erda vaqt o'tkazishlarini so'rashdi.
Shundan so'ng, ko'ngillilar ijodiy sinov va
murakkab vazifalarni hal etishlari so'raldi.
Natijada, ishtirokchilarning ijodiy izlanish
ko'rsatkichi 50 foizga ortgan. Bu eng kam
miqdorda!

Shunday ekan, ba'zida muhim, dolzarb
deb hisoblaydigan ishlaringizni bir chetga
surib, kerakli narsalarni joylab, sokin va
chiroyli manzaraga ega tabiat qo'yniga
sayr qilishingizni maslahat beramiz.

Manba: Kun.uz
Категория: Dunyo yangiliklari | Просмотров: 654 | Добавил: ADMIN | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавить свой комментарий:
Ваше Имя:
Ваш E-Mail: