Marokand.Net - Мултимедный Портал » Sharof Muqimov: “Onam Sevinchning muxlisi edi”
0
0
Закрыть меню
Видео Музыка Фото Новости Статьи Лучшие посты Hi-Tech События Общество Равлечения Люди

12:27
Sharof Muqimov: “Onam Sevinchning muxlisi edi”
Xonanda Sharof Muqimov rafiqasi Sevinch bilan qanday tanishgani haqidagi savolga javob berar ekan, uning yaqinlari, xususan, onasi Sevinchning qo`shiqlarini sevib tinglaganini aytib o`tdi.

“Sevinch bilan Baxtiyor Rasulovning “Yangi yil shousi”da tanishganmiz. Bizning oilamiz Sevinchga juda e`tiborli bo`lgan. Birinchi bo`lib onam Sevinchning muxlisi edi. Yoshligidan, birinchi kliplaridan, ilk sahnaga chiqqanidan beri uning ijodini kuzatar edi. San`atiga nazar tashlaydigan bo`lsak, u haqiqatdan ham professional ijodkor.

Ko`p muxlislari singari bizning oilamiz ham uning ijodiga e`tibor berishardi. Konsertlarining diski chiqqanida sotib olib, uni zavq bilan tomosha qilishardi. Uning ijodiga qiziqqanmiz. O`zimga ham uning bir-ikkita qo`shiqlari yoqadi. Xususan, bastakor Shahnoz bilan yozgan qo`shiqlari menga yoqadi. “Olib ket”, “Mayli” qo`shiqlari, kinolar uchun aytgan saundtreklarini yoqtirib tinglayman.

Sevinchning ijodini hurmat qilib, kuzatib borardim. U bilan sakkiz oycha do`st bo`lib yurdik. Vaqt o`tgan sari bir-birimizga ko`nikib, o`rganib qoldik. Shunday qilib, to`yimiz bo`lib ketdi”,—deydi Sharof Muqimov “Shok.uz” saytiga bergan intervyusida.

Ma`lumot uchun, Sharof Muqimov va Sevinch Mo`minova 2010 yilda turmush qurgan. Ularning Leyla ismli qizlari bor.

Manba: Darakchi.uz
Категория: Shou-Biznes yangiliklari | Просмотров: 436 | Добавил: ADMIN | Теги: Sharof Muqimov: “Onam Sevinchning m | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавить свой комментарий:
Ваше Имя:
Ваш E-Mail: