Marokand.Net - Мултимедный Портал » Samsung Galaxy Note 7 ni o‘chirib, tezroq almashtirishni maslahat berdi
0
0
Закрыть меню
Видео Музыка Фото Новости Статьи Лучшие посты Hi-Tech События Общество Равлечения Люди

12:36
Samsung Galaxy Note 7 ni o‘chirib, tezroq almashtirishni maslahat berdi
Samsung kompaniyasi foydalanuvchilarga Galaxy Note 7 smartfonlarini o‘chirib, tezroq almashtirishni maslahat berdi. Bu haqda, kompaniya bayonotiga asoslanib, “RBK” xabar bermoqda.

“Biz barcha mijozlarimizga almashtirish dasturidan tezroq foydalanishni tavsiya etamiz, negaki xavfsizligingiz biz uchun ustuvordir. Ushbu uskunalarning yangi xaridlari va yetkazmalari to‘xtatildi, lekin sizda Galaxy Note 7 bo‘lsa, biz uni almashtirishni qat’iy so‘raymiz”, — deyiladi bayonotda.

Uskunaning akkumulyatorida muammolar aniqlandi. Foydalanuvchilar telefonlar quvvatlantirish payti o‘t olayotganini xabar qildi. Seulda o‘tkazilgan matbuot anjumanida kompaniya vakillari akkumulyatorlarning yonishiga nima sabab bo‘layotganini tushuntirib bera olmadi.

Ilgariroq Samsung Galaxy Note 7 chiqarish to‘xtatilganini, sotilgan modellar qaytarib olinishini ma’lum qilgan edi.

Manba: Daryo.uz
Категория: XXI asr tehnologiyasi | Просмотров: 558 | Добавил: Umarcheek | Теги: tezroq almashtirishni maslahat berd, Samsung Galaxy Note 7 ni o‘chirib | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавить свой комментарий:
Ваше Имя:
Ваш E-Mail: