Marokand.Net - Мултимедный Портал » Ruslan Chagayev WBA chempionligidan mahrum qilindi
0
0
Закрыть меню
Видео Музыка Фото Новости Статьи Лучшие посты Hi-Tech События Общество Равлечения Люди

07:38
Ruslan Chagayev WBA chempionligidan mahrum qilindi
Butunjahon boks assotsiatsiyasi (WBA) o‘zbekistonlik bokschi Ruslan Chagayev super og‘ir vazndagi chempionlik maqomidan judo etilganini ma’lum qildi. Bunga sportchi uning rasmiy raqibi Fres Okendo oldidagi majburiyatlarini bajara olmagani sabab bo‘lgan, deb xabar bermoqda “BoxNews.com.ua”.

Aytilishicha, WBA bir necha marotaba Chagayevning jamoasiga rasmiy maktub yo‘llab, Okendo bilan muzokaralar jarayonini boshlashni so‘ragan, ammo javob olmagan. puerto-rikolik da’vogar bilan himoya jangi o‘tkazish bo‘yicha muzokaralar uchun Chagayevga 120 kun muxlat berilgandi.

2014-yilning iyulida Chagayev Okendo ustidan g‘alaba qozongan, ammo puerto-rikolik sportchining jamoasi, jang shartnomasining buzilishini ro‘kach qilib, revansh uchrashuvining o‘tkazilishiga erishgan edi.

Shu yilning 5-mart kuni Grozniyda o‘tgan uchrashuvda Chagayev Lukas Braundan 10-raundda mag‘lubiyatga uchradi. Ammo avstraliyalik bokschi doping iste’mol qilganligi fosh etilgach, chempionlik kamari Chagayevga qaytarib berildi.

Endi titul taqdiri Luis Ortis va Aleksandr Ustinovning 17-sentabr kuni Las-Vegasda o‘tadigan uchrashuvida hal bo‘lishi mumkin, Okendo esa jang g‘olibiga qarshi chiqish huquqini qo‘lga kiritadi.

Manba: Daryo.uz
Категория: Sport yangiliklari | Просмотров: 619 | Добавил: Umarcheek | Теги: Ruslan Chagayev WBA chempionligidan | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавить свой комментарий:
Ваше Имя:
Ваш E-Mail: