08:29 Ruslan Chagayev professional boksdagi faoliyatini yakunladi | |
Bokschining sog‘lig‘i bilan bog‘liq muammolar bunga sabab bo‘ldi. Professional boksning superog‘ir vazn toifasida sobiq WBA yo‘nalishi chempioni hamyurtimiz Ruslan Chagayev faoliyatini yakunlaganini ma’lum qildi, deb Uz24.Uz yozmoqda. «Ruslan bizga faoliyatini yakunlaganligi haqidagi xabarni aytdi, – deydi bokschimizning menejeri Timur Dugazayev. Bunga uning ko‘zidagi muammolar sabab bo‘lmoqda. Sog‘liq hamisha birinchi o‘rinda turgan. Biz Chagayevning qarorini hurmat qilamiz». Ma’lumot uchun, 2001 yili Ruslan Chagayevning chap ko‘zi operatsiya qilingan. Butunjahon boks assotsiatsiyasi (WBA) kuni kecha hamyurtimizni Fres Okendoga qarshi majburiy himoya jangini o‘tkazmaganligi uchun chempionlik titulidan mahrum qilgandi. | |
|
Всего комментариев: 0 | |