Marokand.Net - Мултимедный Портал » Rossiyaning eng chiroyli qishlog‘i aholisi turistlar oqimini eplay olmayapti
0
0
Закрыть меню
Видео Музыка Фото Новости Статьи Лучшие посты Hi-Tech События Общество Равлечения Люди

18:58
Rossiyaning eng chiroyli qishlog‘i aholisi turistlar oqimini eplay olmayapti
2016-yili Rossiyaning eng
chiroyli qishlog‘i deb topilgan
Kinerma (Kareliya respublikasi)
aholisi ko‘p miqdorda turist
qabul qila olmasligidan
nolimoqda. Bu haqda Kareliya
madaniyat vaziri Aleksey
Lesonen jurnalistlar bilan
muloqot chog‘ida ma’lum qildi,
deb xabar beradi “Interfaks”.

“2016-yilda Rossiyaning eng
chiroyli qishlog‘i deb topilgan
Kinerma xalqi ba’zan yo‘l
belgisini yashirishni
so‘ramoqda, negaki qishloqqa
kelayotgan turistlarning
ko‘pligi uning rekreatsion
imkoniyatlaridan ko‘proqdir.
Bu yaxshi ma’nodagi muammo
bo‘ldi. Lekin turistlarning ortib
borayotgan oqimini
eplashimiz kerak”, — dedi u.

2016-yilda Kareliyada turistlar
uchun 506 yo‘l belgisi
o‘rnatilgan edi. Kinerma oldida
ham uning turistik obyekt
ekanligini ko‘rsatuvchi belgi
o‘rnatilgan.

Kinermadagi 17 ta
inshootning yettitasi
me’morchilik yodgorligi deb
tan olingan.

Manba: Daryo.uz
Категория: Dunyo yangiliklari | Просмотров: 424 | Добавил: ADMIN | Теги: Rossiyaning eng chiroyli qishlog‘i | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавить свой комментарий:
Ваше Имя:
Ваш E-Mail: