Marokand.Net - Мултимедный Портал » Rossiyalik yigit voyaga etmagan qizga uylanishga uringani uchun 12 yilga qamalishi mumkin
0
0
Закрыть меню
Видео Музыка Фото Новости Статьи Лучшие посты Hi-Tech События Общество Равлечения Люди

16:26
Rossiyalik yigit voyaga etmagan qizga uylanishga uringani uchun 12 yilga qamalishi mumkin
Rossiyaning Stavropol shahrida yashovchi 25 yoshli fuqaro mahalliy aholi vakillaridan biri bo`lgan voyaga etmagan qizga uylanish niyatida o`g`irlaganlikda ayblanmoqda, deb yozadi “Tjournal”.

Yigit 16 yoshli qizga uylanish maqsadida Sochi shahriga olib ketgan. Oradan bir hafta o`tgach, qizning qarindoshlari polisiya yordamida uni topadi va uyga qaytaradi. Huquq-tartibot organlari xodimlari qizning majburan, uning ixtiyoriga zid ravishda olib ketilgani ya`ni o`g`irlanganini aniqlagan.

Hozirda qizni o`g`irlagan shaxs unga jismoniy zarar etkazgani holati mavjudligi yoki yo`qligi tekshirilmoqda. “Odam o`g`irlash” moddasi bo`yicha jinoiy ish ochilgan. Bu modda bilan ayblanganlar esa 12 yil muddatga ozodlikdan mahrum etilishi mumkin.

Manba: Darakchi.uz
Категория: Dunyo yangiliklari | Просмотров: 489 | Добавил: ADMIN | Теги: Rossiyalik yigit voyaga etmagan qiz | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавить свой комментарий:
Ваше Имя:
Ваш E-Mail: