Marokand.Net - Мултимедный Портал » Rossiyalik qiz “Dunyodagi eng chiroyli chehra” sohibasi deb topildi
0
0
Закрыть меню
Видео Музыка Фото Новости Статьи Лучшие посты Hi-Tech События Общество Равлечения Люди

14:19
Rossiyalik qiz “Dunyodagi eng chiroyli chehra” sohibasi deb topildi
Rossiyaning Krasnoyarsk shahrida yashovchi Alyona Raeva Mongoliyada o`tkazilgan “Dunyodagi eng chiroyli chehra” tanlovi g`olibasi bo`ldi. Bu haqda “Lenta” xabar bermoqda.

Mazkur tanlovda Evropa, Osiyo, Amerika va Afrika mamlakatlaridan 60 nafar qiz ishtirok etdi. Finalda tanlov ishtirokchilari to`y liboslarida, milliy kiyimlarda chiqish qilishdi va hakamlar hay`ati bilan suhbat o`tkazishdi.

“Juda ko`p sovg`alar berishdi. Biroq ular orasidan eng yoqqani mongoliyalik rassomning chizgan surati bo`ldi. Va albatta pul mukofoti ham menga yoqdi”, — deydi tanlov g`olibasi.

Tanlovning birinchi o`rnini Zambiya, ikkinchi o`rnini Filippin, uchinchi o`rnini Mongoliya vakilasi zabt etdi.

G`olib uchun pul mukofoti miqdoriga aniqlik kiritilmagan. Tanlov g`olibi yil davomida hayriya tadbirlarida ishtirok etadi.

Manba: Darakchi.uz
Категория: Dunyo yangiliklari | Просмотров: 721 | Добавил: ADMIN | Теги: Rossiyalik qiz “Dunyodagi eng chiro | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавить свой комментарий:
Ваше Имя:
Ваш E-Mail: