Marokand.Net - Мултимедный Портал » Rossiyada siam egizaklari jarrohlik amaliyoti yordamida ajratildi
0
0
Закрыть меню
Видео Музыка Фото Новости Статьи Лучшие посты Hi-Tech События Общество Равлечения Люди

16:06
Rossiyada siam egizaklari jarrohlik amaliyoti yordamida ajratildi
28 iyun, seshanba kuni Moskva
shahrida siam egizaklarini ajratish
bo`yicha jarrohlik amaliyoti o`tkazildi.
Bu haqda “Vesti” nashri xabar
bermoqda.

Qorin qismi bir-biriga qo`shilib ketgan
egizaklar Novosibirsk shahrida
yashovchi oilada dunyoga kelgan.
Tug`ruq Moskva shahridagi
klinikalardan birida yuz bergan edi.
Hozirda egizaklar Moskva shahridagi
Filatova nomli shifoxonada
davolanmoqda.

Shifoxona bosh shifokori Antonina
Chubarovaning so`zlariga ko`ra,
jarrohlik amaliyoti o`ta murakkab
kechgan. Unga 20 kishidan iborat 3 ta
shifokorlar guruhi jalb etilgan. Hozirda
siam egizaklari shifoxonaning
jonlantirish bo`limida davolanmoqda,
ularning ahvoli og`ir.

Bosh shifokor jarrohlik amaliyoti biroz
muddatdan so`ng o`tikazilishi
belgilangani, biroq bir yarim oylikbolalarning bir xil rivojlanishi uchun
ularni hozir operasiya qilishga to`g`ri
kelganini aytib o`tgan.

Bu siam egizaklarini ajratish bo`yicha
shifoxonada o`tkazilgan uchinchi
jarrohlik amaliyoti.

Manba: Darakchi.uz
Категория: Dunyo yangiliklari | Просмотров: 752 | Добавил: ADMIN | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавить свой комментарий:
Ваше Имя:
Ваш E-Mail: