13:17 Rossiyada “Ishdagi ishq” filmida nom qozongan aktrisa 83 yoshda olamdan o‘tdi | |
Rossiyada taniqli aktrisa Lyudmila Ivanova 83 yoshda olamdan o‘tdi. Bu haqda TJournal xabar bermoqda. Aktrisa Moskva shahar 13-klinik shifoxonasida hayotdan ko‘z yumdi. Ivanova “Ishdagi ishq” filmida Shura rolini ijro etgan edi. U jami 80 kinofilmda rol ijro etgan. Aktrisa, shuningdek, ko‘plab musiqa va she’rlar muallifi edi. 2014-yilda u RF Yozuvchilar uyushmasi a’zosiga aylangan edi. Manba: Daryo.uz | |
|
Всего комментариев: 0 | |