Marokand.Net - Мултимедный Портал » Riodagi Olimpiya o`yinlarida Leonardo Di Kaprioning qiyofadoshi topildi
0
0
Закрыть меню
Видео Музыка Фото Новости Статьи Лучшие посты Hi-Tech События Общество Равлечения Люди

15:53
Riodagi Olimpiya o`yinlarida Leonardo Di Kaprioning qiyofadoshi topildi
Rio-de-Janeyro Olimpiya o`yinlarida ishtirok etib, kumush medal sohibi bo`lgan AQShlik kamonchi Breydi Ellisonni hamma Leonardo Di Kaprio deb qabul qildi, deb xabar berdi “Gazeta.ru” nashri.

Aktyor va sportchining bir-biriga o`xshashiga Cosmopolitan jurnali e`tibor qaratgan.

“Leonardo Di Kaprioning egizagi Olimpiadada ishtirok etmoqda. U yana bitta “Oskar”ni emas, oltin medalni qo`lga kiritishga harakat qilmoqda”, deb yozadi material muallifi.

Ellison o`z jamoasiga kamondan o`q otish bo`yicha jamoa birinchiligida kumush medalni yutib olishda yordam berdi. Ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari aktyor va sportchining o`xshashligini qizg`in muhokama qilishdi.

Manba: Darakchi.uz
Категория: Shou-Biznes yangiliklari | Просмотров: 577 | Добавил: ADMIN | Теги: Riodagi Olimpiya oyinlarida Leonard | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавить свой комментарий:
Ваше Имя:
Ваш E-Mail: