Marokand.Net - Мултимедный Портал » Rezavor mevalarning organizm uchun foydasi nimada?
0
0
Закрыть меню
Видео Музыка Фото Новости Статьи Лучшие посты Hi-Tech События Общество Равлечения Люди

20:05
Rezavor mevalarning organizm uchun foydasi nimada?
Rezavor mevalar sog‘lom
ovqatlanishning muhim
tarkibiy qismi hisoblanadi.

Ular yangi uzilgan paytida eng
mazali bo‘lsa-da, yil bo‘yi
iste’mol qilib turish maqsadida
ko‘pincha muzlatib saqlanadi.

Rezavor mevalar –
antioksidantlar bo‘lib, ularning
tarkibida antotsianin,
kversetin moddalari va C
vitamini ko‘pdir.

Antotsianinlar mevalarga
yorqin rang beradi. Ular
qanchalik rangdor bo‘lsa,
shunchalik antioksidantlarga
boy hisoblanadi. Bu modda
yallig‘lanishni kamaytiradi va
artrit kasalligining oldini
olishga yordam beradi.

Kversetin revmotoid artrit
holatini yengillashtirishga
yordam beradi.

C vitamini tirnoqlar va
sochlarning sog‘lom o‘sishini
ta’minlashga yordam beradi.
Artritning rivojlanish xavfini
kamaytiradi.

Bu “suvli mahsulot”lar
tarkibida kletchatka va foli
kislotasi mavjud bo‘lib,
kletchatkalar qondagi
xolesterinni va bosimni
pasaytirishga yordam beradi.
Foli kislotasi esa yurak-tomir
kasalliklari va xotira
pasayishining oldini oladi.

Manba: Daryo.uz
Категория: Foydali Maslahatlar | Просмотров: 449 | Добавил: ADMIN | Теги: Rezavor mevalarning organizm uchun | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавить свой комментарий:
Ваше Имя:
Ваш E-Mail: